Lizogeniya

Lizogeniya (Liz… va Yunoncha geneia — kelib chiqish, yaratish) — hujayra ichida nopatogen (kasallik paydo qilmaydigan) profag shaklda mavjud bo’ladigan bakteriofag bilan bakteriyalar o’rtasidagi simbiotik munosabatlar. Lizogeniya nazariyasining asosiy qoidalari 1950 yilda A.Lvov tomonidan ishlab chiqilgan. Profag saqlovchi hujayralar lizogen hujayralar, ular Yopulyatsiyasining fag zarrachalari hosil qilish xususiyati esa lizogenlik deyiladi. Lizogenlik bakteriya shtammlarining doimiy xususiyati bo’lganidek lizogen hujayralarning faqat ayrim populyasiyalari profagni yo’qotadi. Profag tufayli lizogen hujayralar bir qancha yangi belgilar, masalan, bakteriofag bilan qayta zararlanmaslik xususiyatiga ega bo’lib qoladi. Immunlik lizogen profag DNKsi nazoratida sintezlanadigan, faglarning vegetativ ko’payishini boshqarib turadigan faglar genlari ekspressiyasiga to’sqinlik qiladigan respressor oqsilning hujayrada mavjudligi bilan bog’liq. Bakteriyalarning faqat lizogenizatsiyalash jarayonida kuzatiladigan o’zgaruvchanlik tipi lizogen konversiya deb ataladi. Lizogeniya bakteriyalardagi o’zgaruvchanlik va irsiyatning ko’pchilik masalalarini o’rganish uchun qulay model hisoblanadi.