Vektor

Vektor (lotincha vector — eltuvchi, ko’chuvchi) — to’g’ri chiziqning yo’nalishga ega bo’lgan kesmasi. Bu kesma uchlaridan biri Vektorning boshi, ikkinchisi esa oxiri bo’ladi. Boshi bilan oxiri ustma-ust tushgan Vektor nol vektor deyiladi. Vektor, odatda, qora harflar yoki ustiga strelka qo’yilgan oddiy harflar bilan ko’rsatiladi, masalan, boshi A nuqtada, oxiri V nuqtada bo’lgan Vektor bunday belgilanadi: yoki a’yoki yoxud a., matematika va mexanikaning faqat son bilan emas, balki yo’nalish bilan ham ifodalanadigan mikdorlarni tekshiruvchi masalalari Vektor tushunchasiga olib keladi. Masalan, kuch, tezlik Vektor miqdorlardir. Uzunligi teng bo’lib, yo’nalishi bir xil bo’lgan ikki Vektor bir-biriga teng bo’ladi. Aytib o’tilgan Vektor miqdorlardan siljish, tezlik, tezlanish kabilarni fazoning istalgan nuqtasidan chiqqan Vektor bilan tasvirlash mumkin. Bunday Vektor miqdorlar erkin vektorlar deyiladi. Kuch, burchak tezlik singari Vektor miqdorlarni to’la aniqlash uchun ularning son qiymatlari, yo’nalishlaridan tashqari yana ta’sir chiziqlarini ham bilish zarur (masalan, kuchni faqat shu kuch yo’nalishi bo’yicha ko’chirish mumkin). Bunday Vektor miqdorlar sirpanuvchi vektorlar deyiladi. Fazoda biror o nuqta ma’lum bo’lsa, shu nuqtaga nisbatan fazodagi boshqa istalgan nuqta, masalan, M nuqta vaziyatni om=g bilan aniqlash mumkin. g vektor M nuqtaning radius vektori deyiladi. Tekislik yoki fazodagi har qanday Vektorni koordinatalar boshidan chiqqan deb hisoblash mumkin. Shu sababli, Vektor uchining vaziyati koordinatalar bilan aniqlanadi. Shunga ko’ra, har qanday Vektor tekislikda ikkita (x,x2), fazoda uchta (LG,*^), va o’lchovli fazoda p ta (xt,xv…,x^ son bilan aniqlanadi.