ARALASH O’RMONLAR

ARALASH O’RMONLAR – keng bargli va igna bargli daraxt turlari aralash o’sadigan o’rmonlar. Yevrosiyo va shimoliy Amerikaning mo’tadil nam iqlimli tekisliklari va tog’larining quyi mintaqasida tarqalgan. Mo’tadil mintaqaning keng bargli-igna bargli (qayin, eman, juka, zarang, qarag’ay, qoraqarag’ay, tilog’och, kedr) o’rmonlari, subtropik mintaqaning keng bargli (dafna, zaytun va boshqalar), igna bargli (kedr) aralash o’rmonlari va boshqa turlari bor.