ARARAT

ARARAT — Turkiyaning eng Sharqiy chekkasidagi vulqonli massiv, Arake daryosi o’rta oqimining o’ng sohilida, Eron bilan Armaniston chegarasi yaqinida. Turkiyadagi eng baland cho’qqi. Zamini birlashib ketgan ikki boshli so’ngan vulqon konuslaridan — katta Ararat (turkcha Buyuk Agritog’; balandligi 5165 metr) va kichik Ararat (balandligi 3925 metr) dan iborat. 30 ga yaqin kichik muzliklar bor.