ARAUKA
ARAUKA — Venesueladagi daryo, Orinokoning chap irmog’i. Uzunligi 900 kilometrdan ortiq. Kolumbiyadagi Sharqiy Kordilera tog’laridan boshlanadi. O’rtacha suv sarfi 950 m3/sek. Yog’ingarchilik davrida kichik kemalar Araukaning qo’yilish yeridan boshlab 600 kilometr masofada qatnay oladi.