Abadiy haqiqat
Abadiy haqiqat-bilishda, rivojlanish jarayonida haqiqatlarni rad qilib bo’lmasligini bildiruvchi atama. Bu jihatdan Abadiy haqiqat mutlaq haqiqatga o’xshashdir. Inson bilish jarayonida ko’pincha nisbiy haqiqatlar bilan ish ko’radi. Nisbiy haqiqatlarda esa mutloq haqiqatlarning bo’laklari mavjud. Diniy qarash bo’yicha, diniy ruknlar Abadiy haqiqatdir. Chunonchi, Islomda e’tirod etilgan aqidalar – Allohning yagonaligiga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga, payg’ambarlarga, oxiratga, taqdirning ilohiyligiga va inson o’lganidan keyin qayta tirilishiga ishon Abadiy haqiqat hisoblanadi.