ABASTUMANI ASTROFIZIKA RASADXONASI

ABASTUMANI ASTROFIZIKA RASADXONASI – Gruziya FA astronomik ilmiy tadqiqot muassasasi; 1932 yilda Abustumani qishlog’i yonida tashkil qilingan. 1937 yildan dengiz sathidan 1650 metr balandlikdagi Kanobili tog’ida ish olib boradi. Yulduzlarning spectral ko’rsatkichlari, yulduzlararo muhitda yorug’likning yutilishi, yulduzlarning Galaktikadagi harakati, Yerning yuqori atmosferasi o’rganiladi. O’zgaruvchan yulduzlar va Oy sathi elektrofotometriya qilingan; yulduzlar va boshqa osmon jismlarining rang ko’rsatkichlari ro’yxati tuzilgan, yangi kometalar, kichik sayyoralar, yangi yulduzlar, emission yulduzlar ochilgan. Asosiy asboblari: 70 santimetrli meniskli teleskop, 125 santimetrli reflektor, 40 santimetrli reflektor, Shmidt tizimidagi 36 santimetrli teleskop, elektrofotometr o’rnatilgan 32 santimetrli reflektor, xromosfera teleskopi, 40 santimetrli qo’shaloq astrograpf va boshqalar. 1936 yildan “Byulleten” chop etadi. Osmonning 100 mingdan ortiq fotosurati saqlanmoqda.