ABATAYXON

ABATAYXON (1534-86) – mo’g’ul xoni; Tushetuxonlar sulolasi asoschisi. Oyrotlar bilan kurash olib borib, 1577 yil ularni bo’ysundirgan. Shu yili Abatayxon o’g’lini oyrot xoni deb e’lon qilgan. Abatayxon vafotidan so’ng oyrotlar qo’zg’olon ko’tarib, xonni o’ldirib qaramlikdan xalos bo’lishgan. Abatayxon lamaizm dinining ashaddiy ixlosmandlaridan va targ’ibotchilaridan bo’lib, bu dinni qabul qilish uchun 1577 yil Xux-Xotoga borib Dalay Lama bilan uchrashgan. 1585 yil lamaistlarning Xalxadagi birinchi monastiri Erdeni-dzuni qurishni boshlagan. 20-asr boshlariga qadar Mo’g’ulistonda Abatayxon shaxsi muqaddas sanalib sajda qilingan.