ABAY DASHTI

ABAY DASHTI – Oltoydagi tektonik soylik. Shimoldagi Terekti tizmasi va janubdan Xolzun tizmasi bilan o’ralgan; bu dashtdan Koksa va Abay daryolari oqib o’tadi (Katun daryosi havzasi). Uzunligi 25 km. Dengiz sathidan balandligi 1100 metr. Tuprog’i qoratuproq. Bir qismi erkinzor, asosan yaylov.