Abbissal oblast

Abbissal oblast — okeanlarning 2000 metrdan chuqur qismi. Abissal oblastda suv sekin harakat qiladi, harorati 0 darajaga yaqin va butunlay qorongi bo‘ladi. Quyosh nuri yetib bora olmaganligi va bosim katta bo’lganligidan abyssal oblastda bakteriya va saprofit suvutlardan boshqa o'simlik organizmlari yo`q. Sezgi organlari juda taraqqiy etgan ayrim hayvonlar uchraydi.