ABDULLOH IBN HUSAYN

ABDULLOH IBN HUSAYN (1882, Makka — 1951.20.7, Quddus) — Transiordaniya amiri (1921-46) va qiroli (1946-50), Iordaniya qiroli (1950 y.dan). 1916-18 yillardagi Hijoz qo’zg’olonida qatnashgan. 1921 yil ingliz mandatli boshqaruvdagi Transiordaniya Muxtor amirligi amiri deb e’tirof etilgan. Davlatni idora etish organlari, shuningdek, Arab legionini tuzgan. 1946-48 yillarda Falastinning Arab qismiga da’vogarlik qilgan. Iordaniyani 1948-49 yillardagi Arab-Isroil urushiga jalb qilgan, Iordan daryosining g’arbiy sohilini zo’rlik bilan qo’shib olgan. Terrorchi tomonidan o’ldirilgan.