Abdulloh ibn Ravoha
Abdulloh ibn Ravoha – to’liq ismi Abdulloh ibn Ravoha ibn Sa’laba ibn Horis ibn Hazraz Ansoriy Hazrajiy [?-630 (hijriy 8), Mu’ta]-sahoba. Kunyasi-Abu Muhammad va Abu Ravoha. Johiliyat davrida kotib va shoir bo’lgan, musulmon bo’lganidan keyin ijodini islomga bag’ishlagan. Muhammad (s.a.v.)ning hijratlaridan so’ng u zotni madh etadigan, dinni ulug’laydigan she’rlar bitish bilan birga mushrikiy shoirlarning she’rlariga raddiyalar bergan. Abdulloh ibn Ravoha (r.a.) Muhammad (s.a.v.) bilan birga Badr, Uhud, Xandaq hamda Mu’ta janglarida ishtirok etgan. Mu’ta jangida shahid bo’lgan.