ABDULQAYUM MA’MUN

ABDULQAYUM MA’MUN (1937, Maldiv Respublikasi, Male shahri) — Maldiv davlat arbobi. Qohiradagi Al-azhar universiteti va Amerika universitetini tugatgan. 1967 yildan Qohiradagi Amerika universitetida, 1969 yildan Nigeriyadagi Ahmad Bello universitetida lektor, 1971 yildan Maldiv Respublikasida maktab o’qituvchisi, 1972 yildan Maldiv hukumatida boshqarma boshlig’i, 1974 yildan telekommunikasiya bo’limi kotibi, so’ng direktori, 1975 yildan Maldiv Respublikasi Bosh vaziri idorasida vazirning maxsus o’rinbosari, Maldiv Respublikasining Shri Lankadagi Favqulodda va muxtor elchisi, BMTdagi doimiy vakili, tashqi ishlar vaziri o’rinbosari, 1977 yildan Maldiv transport vaziri, 1978 yil noyabrdan Maldiv Respublikasi prezidenti.