Abdurahmon ibn Avf

Abdurahmon ibn Avf – (581, Makka-652, Madina)-sahoba. Islomga birinchilardan bo’lib kirgan (Xadichadan keyin) sakkiz musulmonning beshinchisi. Asharai mubashsharadan. Habashiston va Madinaga ko’chgan muhojirlardan. Badr, Uhud, Xandaq va boshqa janglarda Muhammad (s.a.v.)ning yonlarida bo’lgan. Uhud jangida 21 joyidan yaralangan. Dastlab faqir edi, so’ng tijorat bilan shug’ullanib ketgan. Xayr-ehsonni ko’p qiladigan, bu odatni yaxshi ko’radigan zot bo’lgan. Bir kunda o’ttiz qulni ozod qilgan. Mol-dunyosining bir qismini hayotligida musulmonlarga tarqatgan, bir qismini g’oziylarga vasiyat qilib qoldirgan. Umar (r.a.)dan so’ng xalifa bo’lishni istamagan, hakamlik qilgan. Usmon (r.a.)ni xalifa etib saylagan va hammadan oldin unga bay’at qilgan. 72 yoshida vafot qilib, Baqi’ qabristoniga dafn etilgan.

Fikr bildirish