Abdusallom Murobarkfuriy

Abdusallom Murobarkfuriy – to’liq ismi Abulhuda Muhammad Abdusallom ibn ash-Shayxxon Muhammad (1872, Hindiston-1924)-hadisshunos, tarixchi. Qur’oni karim, Hadisi sharif, tafsir, fiqh, tarix, hikmat va tabobat ilmlari bo’yicha zamonasining eng yirik allomalaridan ta’lim olgan. 22 yil davomida boshlang’ich va oliy madrasalarda, so’ng umrining oxirigicha “Dor ul-hadis ar-rahmoniyya” universiteti mudarris bo’lgan. Uzoq yillar olib borgan tadqiqotlariga tayanib, islom ilmi va tarixga doir bir qancha asarlar yaratgan. Ulardan “Siyrat al-Imom al-Buxoriy” islom olamida mashhur bo’lib, hadis ilmi va muhaddislar xususidagi asarlarning eng batafsili va mukammali hisoblanadi. Bu asarlarnig eng batafsili va mukammali hisoblanadi. Bu asar 1955-86 yillarda Banorasda ikki marta nashr etilgan. O’zbek tiliga ham tarjima qilingan.

Fikr bildirish