Abduxoliq G’ijduvoniy majmuasi

Abduxoliq G’ijduvoniy majmuasi – (12-asr) – Abduxoliq G’ijduvoniy memorial ansambli. G’ijduvon shahar markazida joylashgan. 1433 yilda Mirzo Ulug’bek Abdulxoliq G’ijduvoniy qabrining qibla tomonida muhtasham madrasa qurdirgan. Madrasaning tashqari qismida, hazrat maqbarasi yonida quduq, chillaxona va minora ham bunyod etilgan. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1993 yil Abduxoliq G’ijduvoniy tavalludining 890 yilligi keng nishonlandi. Shu munosabat bilan, yodgorlik majmuasi to’liq ta’mirlandi. Hozirda majmua vatandoshlarimiz hamda xorijiy sayyohlarning gavjum ziyoratgohiga aylangan.