ABDUZOYIR SULOLASI
ABDUZOYIR SULOLASI – samarqandlik qo’g’irchoqbozlar avlodi: 1) Abduzoyir (1786-1860) — mehtar, surnaychi va qo’g’irchoqboz; 2) novvot bobo (1835-1904) – qo’g’irchoqboz, doirachi, raqqos va sozanda. U qo’g’irchoq teatrining bir turi — «chodir xayol» ustasi, xalq san’ati an’analari asosida muvaqqat chodir teatri tashkil qilib, tomoshalar ko’rsatgan. Tomoshalarda boylar va chor amaldorlari hajv qilingan; 3) Quli bobo Novvotov (1882-1968) — qo’g’irchoqboz va surnaychi. 20 – yillardan boshlab asosan, qo’lga kiyiladigan qo’g’irchoqlar tomoshasini ko’rsatgan. Ko’pincha korfarmonlik qilgan: tomoshani boshqargan, surnayda jo’r bo’lgan, qo’g’irchoqlar bilan savol-javob qilgan. Uning surnayda dam qaytarmay chalgan «Dutor irog’i», «Soqiynoma», «siyna-xiroj» kabi kuylari kishiga zavq bag’ishlagan.