Abilitatsiya

Abilitatsiya (inglizcha-qobiliyat, uquv, chaqqonlik, iqtidor, malaka)-kasallar va nogironlar tana funksiyasi va mehnatga layoqatlikka ega bo’lishi bo’yicha tibbiy, ruhiy, pedagogik, huquqiy, kasbiy, texnikaviy tizim, ya’ni ijtimoiy choralar. Abilitatsiyaning maqsadi – shaxsning iloji boricha tug’ma bo’lmagan ancha yuqori funksional faollikka erishishidir. Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasida Abilitatsiya ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, huquqiy, pedagogik va kasallar hamda nogironlarni faol ijtimoiy, jamoatchilik va mehnat faoliyatiga jalb etish bo’yicha mujassam davlat tadbirlari sifatida belgilangan.