ABREKLAR

ABREKLAR (osetincha abirayeg, abreg — darbadar, yo’lto’sar so’zidan) — o’tmishda shim. Kavkaz xalqlarida urug’ dargohidan haydalib, sargardonlik va yo’lto’sarlik bilan hayot kechirgan kishilar. Rus imperiyasi shimoliy Kavkazni bosib olgan vaqtlardan rus bosqinchilariga qarshi yakka holda kurashganlarning barchasi shu nom bilan atalgan.