Absenteizm
Absenteizm (lotincha absentia-yo’qlik, hozir emaslik)-aholining vakillik organlari va mamlakat rahbari saylovlarida ishtirok etishdan bo’yin tovlash. Mavjud boshqaruv tartiblariga, siyosiy institutlar faoliyatiga norozilik bildirish shakli sanaladi. Absenteizmni mamlakatdagi siyosiy, ijtimoiy jarayonlarga befarzlik, odamlardagi siyosiy madaniyatning pastligi, o’z huquqlariga befarqligi bilan tushunish mumkin.