ABSTRAKSIYA

ABSTRAKSIYA (lotincha abstractio – chalg’ish, chetlashish) — narsalar xossa va nisbatlarining boshqalari, mazkur tadqiqotda jiddiy bo’lmagan va ikkinchi darajali deb ko’rib chiqilayotganlaridan xayolan ajratib olish (farqlash) jarayoni. Abstraksiya (mavhumlash) natijasi mavhum obyektlarning hosil bo’lishidir.