ABU BAKR HOMID SHOSHIY

ABU BAKR HOMID SHOSHIY, Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Homid Shoshiy (1007, Shosh – 1092, Hirot) — Imom, alloma, shofi’iylik shayxi. O’z yurtida fiqh ilmini Abu Bakr as-Sanjiydan o’rgangan. Tarixchi Abu Sa’d Sam’oniyning yozishicha, Abu Bakr Homid Shoshiy uning bobosi Imom Abulmuzaf-Far Sam’oniyning Marvdagi ashoblaridan bo’lgan, taqvodor, Zohid, doimo ilm bilan mashg’ul bo’lgan. Fiqh ilmida «Imom» darajasiga etishgan. G’azna sultoni uni saroyga taklif etgan. Bu yerda olim oila qurib, bola-chaqali bo’lgan hamda asarlar yozgan. So’ngra Nizomulmulk uni Hirotga chor-lagan. Hirotdagi «Nizomiya» madrasasida mudarrislik qilgan. Shu erda u Mansur al-Qog’aziy, yurtdoshi Haysam ibn Kulayb Shoshiydan hadis ilmini o’rgangan.