Abu Dujona
Abu Dujona – to’liq ismi Simok ibn Avs ibn Xarasha ibn Luzon ibn Ka’b ibn Xazraj Akbar Ansoriy Xazrajiy Soidiy [?-633 (hijriy 12)] sahoba. Madinada tug’ilgan. Xazraj qabilasidan. Islomni hijratdan avval qabul qilgan. Badr, Uhud hamda Yamoma janglarida ishtirok etgan. Uhud jangida Muhammad (s.a.v.)ni himoya qilib, og’ir jarohat olgan. Abu Bakr Siddiq (r.a.) xalifaligi davrida murtadlarga qarshi urushlarda qatnashib, Musaylama Kazzobning qatl etilishidan jonbozlik ko’rsatgan. Yamoma jangida shahid bo’lgan.