Abu Nasr Porso maqbarasi

Abu Nasr Porso maqbarasi – naqshbandiylik tariqatining ko’zga ko’ringan vakili Shayx Abu Nasr Porso qabri ustiga qurilgan yodgorlik (15-asrning. 70-yillari). Balx sh.da. Bino turtburchak tarhli, har tarafi o’rtasida ikki oshyonli ravoq-ayvonlar bor. Katta peshtoq, ikki yonidagi baland guldasta-burjlar, orqadagi mayda va zich garovli gumbaz juda serhasham. Me’mor o’z davrigacha me’morchilikda erishilgan barcha ijodiy sifatlardan foydalangan. Ayniqsa, koshinkori bezaklar nihoyatda nozik va nafis.