ABULBAQO IBI BAHOUDDIN
ABULBAQO IBI BAHOUDDIN (16- asr 1-yarmi —17 – asr 1 – choragi) — tarixchi. Xoja Ahmad ibn Jaloluddin Kosoniy (Maxdumi A’zam) ning nabirasi bo’lib, Abdulazizxon (1540-49) saroyida kichik davlat lavozimi (hukmgir)da turgan. U bobosiga atab «Jome’ul-Maqomoti Maxdumi A’zam» («Maxdumi A’zam maqomotining majmui») kitobini yozgan (1617). Bu asarda Maxdumi A’zamning hayotiga oid ma’lumotlardan tashqari, Movarounnahrning 16-asr birinchi yarmidagi iqtisodiy va siyosiy ahvoli hamda Shayboniylar bilan Eron o’rtasidagi munosabatlarga oid qimmatli ma’lumotlar bor.