ACHCHIQQOZON

ACHCHIQQOZON — chelaksimon mis qozon. Ipak bo’yash korxonalarida bo’yalgan ipakning ranglari mustahkam bo’lishi uchun achchiqtosh eritilib, ipakni solib achchiqqa bosishda ishlatiladi. Unga 20 chelak suv sig’adi.