ACHINLAR

ACHINLAR, ache — Indoneziyadagi xalq, Sumatra orolining shimolda, o’tmishda Ache sultonligi mavjud bo’lgan mintaqada yashaydi. Aholisi 1,7 million kishi (1992). Indonez til guruhiga oid achin tilida so’zlashadi. Islom diniga e’tiqod qiladi. Asosiy mashg’ulotlari — dehqonchilik (sholikorlik, qora murch, kokos, kauchuk va boshqalar); hunarmandchilik — to’qimachilik, bo’yra to’qish va boshqalar, metallni qayta ishlash, qayiqsozlik. Achinlar o’ziga xos boy adabiyotga ega.