ADABIY EMAKDOSH
ADABIY EMAKDOSH – teatr sahnasida dramatik asar qo’yishda rejissyorlarga, asar matnining tahlil va tahrir qilishda teatr jamoasiga yordam beruvchi adabiy xodim. Adabiy emakdosh asl nusxa hamda tarjima asarlarni tahrir qilgan, teatr ijodiy jamoasi bilan birga asarni sahnalashtirishda ijodiy faoliyat ko’rsatgan. Cho’lpon, Zafariy, G’ayratiy, Komil yashinlar shu lavozimda ishlaganlar.