ADAMAR

ADAMAR (Hadamard) Jak (1865.8.12, Versal — 1963.17.10, Parij) — frantsuz matematigi. Frantsiya Fanlar Akademiyasi a’zosi. Matematikaning turli sohalarida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. Sonlar nazariyasida rus matematigi P. L. Chebishev qo’ygan «Tub sonlar taqsimlanishining asimptotik qonuni» muammosini hal qilgan. Adamar hozirgi zamon «Butun analitik funktsiyalar nazariyasi»ning yaratilishiga katta hissa qo’shgan. Uning differentsial tenglamalarga doir ishlari diqqatga sazovor. Adamar mexanikada ustuvorlik muammolari va muvozanatlik holatiga yaqin holatdagi mexanik tizimlarning traektoriyalari xossalarining tadqiqi, matematikani maktabda o’qitish masalasi bilan ham shug’ullangan. London, Vashington va boshqa mamlakatlar Fanlar Akademiyalari faxriy a’zosi.