ADVENTIV EMBRIONIYA

ADVENTIV EMBRIONIYA (lotincha adventus — tasodifiy va Yunoncha Embryon — embrion, murtak) — o’simlik murtak tugunining urug’lanmasdan, murtak qopchig’i yoki urug’ kurtak qobig’i hujayrasidan vujudga kelishi. Bunda ko’pincha bir qancha (20 tagacha) embrion hosil bo’ladi (poliembrioniya). Ko’proq tsitrus o’simliklari (mandarin, limon, apelsin va boshqalar) da uchraydi.