AEROSTAT ASTRONOMIYASI

AEROSTAT ASTRONOMIYASI – astronomiyaning kosmik jismlarni aerostatga o’rnatilgan teleskop va boshqa ilmiy apparatlar yordamida kuzatishga asoslangan bo’limi. Yer sirti yaqinida atmosfera bir tekis isimaganligi sababli, turbulentsiya hodisasi ro’y beradi, natijada kuzatilayotgan yoritqich nuqta emas, balki yorug’roq dog’ shaklida ko’rinadi. Bunga yulduzlarning miltillashi misol bo’la oladi. Bundan tashqari, atmosferaning quyi qismi kosmik jismlardan keladigan ultrabinafsha (X < 3900 A) va infraqizil (X > 7600 A) nurlarni kuzatishga ham xalaqit beradi. Atmosferadagi turbulentsiya miltillash effekti bilan bog’liq muammolarni o’rganish va kosmik jismlardan keladigan nurlarni kuzatish uchun 20 — 30 kilometr balandlikka ko’tariladigan stratosfera aerostatlaridan foydalanilgan. Aerostat astronomiyasi bizga eng yaqin yulduz — Quyoshning infraqizil nurlarini o’rganishdan boshlandi. Ultrabinafsha nurlarni kuzatish uchun aerostatlar ko’tariladigan balandlik kifoya qilmaydi. Shuning uchun hozir yer sun’iy yuldoshlari yoki 60 kilometrgacha balandlikka ko’tariladigan raketalardan foydalaniladi.