AEROSTATIKA
AEROSTATIKA — aeromexanikannng gazlar (ayniqsa, havo) ning muvozanat shartlarini va ularga botirilgan qattiq jismlarga ta’sirini o’rganuvchi bo’limi. Gidrostatikaning ba’zi qonunlari Aerostatika uchun ham umumiydir. Suyuqliklardan farqli ravishda gazlar o’z-o’zidan cheksiz kengayish va tashqi bosim ostida siqilish xususiyatiga ega. Yer sirtidan yuqorilashgan sari havo zichligi kamaya boradi. Yer sirtida havo zichligi eng ko’p bo’ladi. Havo va gaz zichligi ko’tarish kuchiga ta’sir qiladi. Temperatura pasayganda va bosim ko’tarilganda zichlik ortadi va, aksincha, yer sirtidan yuqorilashgan sari atmosferaning fizik xususiyatlari o’zgara boradi: havo zichligi kamayadi, temperatura, namlik o’zgaradi va hokazo. Havo bosimi dengiz sathidan boshlab hisoblanadigan balandlikdan yuqori ko’tarilgan sari (havo temperaturasi balandlik bo’yicha o’zgarmasa) ko’rsatkichli (eksponentsial) muayyan qonun bo’yicha o’zgaradi.