AEROZOL GENERATORI

AEROZOL GENERATORI – termomexanik va mexanik usullarda aerozollar hosil qilish hamda ularni purkash mashinasi. Bog’, o’rmon va dalalarda qishloq xo’jalik o’simliklari zararkunandalariga qarshi kurashda, shuningdek omborlar va issiqxonalar, chorvachilik binolarini dorilashda ishlatiladi. Veterinariya amaliyotida Aerozol generatoridan dezinfektsiyalovchi, insektisid va vaktsina aerozollari hosil qilishda foydalaniladi. Termomexanik usulda ish suyukligi avval qizdiriladi, so’ngra havo oqimi uni mayda zarrachalarga parchalaydi. Mexanik usulda esa ish suyuqligi faqat havo oqimi ta’sirida parchalanadi. Ish vaqtida Aerozol generatori avtomobil kuzovi, traktor yuk tirkamasi, ot arava va boshqalarda olib yuriladi. Ba’zi Aerozol generatori purkagichlgr, changlatgichlar bilan birga ishlatiladi. Zaharli dori eritmasini aerozol moslamasi yordamida ham purkash mumkin. Bunda changlagich-purkagichning purkagich qismiga aerozol moslamasi o’rnatiladi, apparatda maxsus so’rg’ich orqali so’rilgan havo rezervuardan dorini ergashtirib, dozatorga haydaydi. Dozatorda hosil bo’lgan emulsiya uchlik orqali mayda zarracha holida o’simlikka purkaladi.