AFINA TARBIYASI

AFINA TARBIYASI – miloddan avvalgi 7-5-asrlarda qadimgi Afinada bolalar va o’smirlar (qullardan tashqari) tarbiyasi tizimi. 7 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan bolalar grammatika maktabi, kifarachilar va palestra maktabida o’qitilgan. O’ziga to’q oilalarning farzandlari mashg’ulotlarni 18 yoshgacha gimnasiyyada davom ettirganlar. 18-20 yoshdagi o’smirlar tarbiyasi Efebiyapya shug’ullanish bilan yakunlangan. Ma’naviy tarbiya gimnastik tarbiya bilan qo’shib olib borilgan. Jismoniy mehnat bilan shug’ullanishga yo’l qo’yilmagan.