AFSUN
AFSUN (Arabcha — maftun qilish, sehr, avrash) — voqealarning tabiiy jarayoniga mo’jizaviy ta’sir ko’rsatish xususiyatiga ega deb hisoblanadigan so’zlar, iboralar yig’indisi. Afsun qadimgi dinlarning, ayniqsa, sehrgarlikning ajralmas qismi bo’lgan. Afsunga baloni daf etish, yo baloga giriftor qilish, xastalikdan shifo topish, omadga yor bo’lish va hokazolar usuli deb qaralgan.