AGA BURYATLARI MUXTOR OKRUGI

AGA BURYATLARI MUXTOR OKRUGI – Rossiya Federatsiyasining Chita viloyati tarkibidagi Muxtor okrug. 1937 yil 26 sentabrda tashkil etilgan. Maydoni 19 ming kilometr kvadrat. Aholisi 79 ming kishi (1993). Okrug tarkibida 3 ma’muriy tuman, 4 shaharcha bor. Ma’muriy markazi — Aginskoye shaharchasi. Tabiati. Aga Buryatlari muxtor okrugi Sharqiy Baykalortining Janubda Janubiy-g’arbdan shimoliy- sharqqa parallel holda Cherskiy, Dauriya, Mogoytuy (okrugning eng baland nuqtasi — Alxanay cho’qqisi, 1663 metr) tizmalari cho’zilgan. Janubda 700 — 800 metr balandlikdagi Onon bo’yi tekisligi bor. Iqlimi keskin kontinental, mo’tadil. Yoz issiq, iyulninig o’rtacha temperaturasi g’arbda 16°, Janubiy-Sharqda 18°. Qish sovuq, bulutsiz kunlar ko’p, qor kam, yanvarning o’rtacha temperaturasi — 22° dan — 24’gacha. Yiliga Janubiy- Sharqda 300 millimetrdan g’arbda 400 millimetrgacha yogin yog’adi. Bahor va yozning boshlarida yog’ingarchilik bo’lmaydi. Qor qoplami 3 — 6 santimetr. Vegetatsiya davri g’arbida 90 kundan 150 kungacha. Daryolari kamsuv. Okrugning Janubiy va Sharqiy chegarasidan Onon daryosi, o’zidan esa Ononning Ileya va Aga irmoqlari oqib o’tadi. Janubda kichik ko’llar bor. G’arbidagi tog’larda podzollashgan va kulrang tuproqlar, tekisliklarda karbonatli kashtan va qoratuproqlar tarqalgan. Pasttekisliklarda dasht o’simliklari o’sadi. Okrug hudining 30% o’rmon. Aholisi. Aga Buryatlari muxtor okrugining asosiy aholisi buryatlar va ruslar; shuningdek ukrainlar, tatarlar va boshqalar yashaydi. Shahar aholisi 33%. Aholisining o’rtacha zichligi 1 kilometr kvadratga 4,2 kishi. Xo’jaligida qishloq xo’jalik muhim rol o’ynaydi. Okrug hududining 2F5 qismi dasht yaylovlari va pichanzorlardan iborat. Qishloq xo’jaligida mayin junli yaylov qo’ychiligi, go’sht-sut chorvachiligi, yilqichilik (okrugning Janubiy-sharqida) rivojlangan. G’alla ekinlaridan bug’doy, suli, arpa va yem-xashak ekinlari ekiladi. Sanoati asosan mahalliy qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlaydi. Oryol kon-boyitish kombinati va Aginskoye yog’ zavodi bor. O’rmon sanoati Ara, Ilya, Duldurga, Aginskoyeda rivojlangan okrugning Sharqiy qismini temir yo’l kesib o’tgan. Argaley, Aginskoe, Mogoy-tuy va Sugol orqali avtomobil yo’li o’tadi. Okrugning g’arbiy qismida Darasun — Duldurga — Xapcheranga avtomobil yo’li bor.