AGLOMERAT
AGLOMERAT (lotincha agglomero — ayqash-uyqash uyumlangan, yig’ilgan) — 1) petrografiyada — har xil tog’jinslari bir-biriga yopishib hosil qilgan g’ovak to’plam. Aglomeratlar tsementlashganda brekniyalyar, tuflar hosil bo’ladi. Lavali Aglomerat— lava oqimlari harakati vaqtida o’ta yopishqoq lavalar palaxsalari to’plamidan iborat; 2) metallurgiyada — mayda ruda yoki kukunsimon metallarni maxsus mashinalarda qovushtirib, hosil qilingan yirik bo’laklar. Qora va rangli metallurgiya uchun xom ashyo sifatida foydalaniladi.