Agrofon nimani anglatishini bilasizmi
Agrofon nimani anglatishini bilasizmi – (yunoncha agros – dala, lotincha fundus-muhit) tuproqning fizik va kimyoviy xossalari, unumdorligi jihatidan agronomiya talablariga mos holati; tuproqning agronomik xossalar majmui. Agrofon o’simliklar ustida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish maqsadida sun’iy ravishda yaratiladi. Agrofon yuksak yoki past darajada bo’lishi mumkin. Ekinlarni yaxshi parvarish qilish. Mahalliy va mineral o’g’itlardan to’g’ri foydalanish yo’li bilan yuksak agrofon tayyorlanadi.


