AHMAD BAXSHI MATNAZAR O’G’LI
AHMAD BAXSHI MATNAZAR O’G’LI (1891— 1937, Qoraqalpog’iston, Amudaryo tumani Mang’it qishlog’i) — o’zbek xalq dostonchisi. Suyav baxshining shogirdi, o’zi ham shogirdlar yetishtirgan. Xorazm «Go’ro’g’li» turkumi, «Oshiq g’arib», «Sayodxon va Hamro» dostonlarini kuylab kelgan. Nashr etilgan «Qirq ming» dostoni undan yozib olingan.