AHMAD POLVON

AHMAD POLVON (Tolibboyev) (1865 — Toshkent shahri. Shayxontohur mavzei — 1914) —mashhur o’zbek polvoni. Yoshligidan kurashga qiziqdi. 1895 yil mashhur nemis polvoni Rippel (vazni 133 kilogramm) Toshkentga kelganda u bilan tsirkda bellashdi va yengdi. Kuragi yerga tegmay yurgan quvalik Xo’ja polvon ham Ahmad polvonga bas kelolmaydi (1904 yil). Ahmad polvon birinchi bor frantsuzcha kurash musobaqasida ishtirok etib, 1911 yil Germaniya chempioni Gyugner ustidan g’alaba qozondi.