AHMED IAJUDDIN

AHMED IAJUDDIN (1931.1.2, Munshiganj) — Bangladesh davlat arbobi. Dakka universiteti (1954), AQShda Viskonsin universiteti (1958)ni tugatgan. Tuproqshunoslik fanlari Doktori. 1963 yildan Dakka universitetining tuproqshunoslik fakulteti professor yordamchisi, 1964 yildan professor o’rinbosari, 1973 yildan professor 1968— 69 va 1976-79 yillarda Dakka universiteti tuproqshunoslik fanlari departamenti raisi, 1989-91 yillarda universitet biologiya fakulteti dekani. 1991 yildan Bangladesh muvaqqat hukumati maslahatchisi, ijtimoiy xizmatlar komissiyasi raisi, 1995 yildan universitet grantlari komissiyasi raisi, 1999 yildan Bangladesh universiteti rektori. 2003 yil Fevraldan Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti. Bir qancha xorijiy universitetlar faxriy professor.