AHVOZ
AHVOZ — Eronning Janubiy-g’arbidagi shahar, Huziston ostonining ma’muriy markazi. Korun daryosi bo’yidagi port, neft chiqariladigan yirik konlar markazi. Aholisi 580 ming kishi (1986). Temir yo’l tuguni. Tehronga boradigan neft quvuri Ahvoz orqali o’tgan. To’qimachilik, po’lat prokati korxonalari, universitet bor. Zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi.