AJDAR DAVR

AJDAR DAVR — oy yoki Quyosh diski markazining oy tugunlarining birida ketma-ket ikki marta bo’lishi orasida o’tgan vaqt. Ajdar oy — 27,21 o’rtacha sutka, ajdar yil — 346,62 o’rtacha sutka, oy fazalarining takrorlanish davri (sinodik oy) — 29,53 o’rtacha sutka bo’lganligidan bu uchala davr boshlanishining takror ustma-ust tushishi orasida o’tgan vaqt bir xil tutilish-arning takrorlanish davri — Saros (18 yil 11 sutka 7 soat 42 minut) ga teng bo’ladi. Bunda 242 ajdar oy — 6585,36 sutka, 223 sinodik oy — 6585,32 sutka, 19 ajdar yil — 6585,78 sutka.