AKRIL KISLOTA

AKRIL KISLOTA, to’yinmagan oddiy karbon kislota. Rangsiz suyuqlik, sirka kislota hidi keladi. Akroleinning oksidlanishidan hosil bo’ladi. Qaynash temperaturasi 141°, suyuqlanish temperaturasi 13°. Zichligi 1049 kilogramm/metr kub. Sanoatda etilentsiangidringa sulfat kislota ta’sir ettirib olinadi. Akril kislota bosmaxona bo’yoqlariga, loklarga qo’shiladi va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.