AKRILAMID

AKRILAMID (2 – propenamid), — rangsiz kristall. Molekulyar modda. 71,08, suyuqlanish temperaturasi 84,5°, qaynash temperaturasi 215°. Eruvchanligi (100 gramm erituvchida gramm hisobida): suvda — 211,5; metanolda — 155,0; etanolda -86,2; atsetonda — 63,1; etilasetatda — 12,6; xloroformda — 2,16; benzolda — 0,346; geptanda — 0,0068. Kuchsiz amfoterlik xususiyatiga ega. Akrilonitrilning sulfat kislota ishtirokida gidrolizlanishi natijasida hosil bo’ladi. Akrilamid polimerlar va sopolimerlar olishda ishlatiladi.