AKTINOGRAF
AKTINOGRAF (aktino… va graf) -Quyosh radiatsiyasi jadalligini uzluksiz yozib boruvchi asbob. Aktinograf radiatsiyani qabul qiluvchi qism — priyomnik bilan uni qayd qilib boruvchi galvanografdan iborat. Quyoshdan bevosita keluvchi radiasiyani ulchash uchun termoelektr Aktinograf, sochma va yig’indi radiatsiyani qayd qilib borish uchun piranograf va solyarigraf ishlatiladi. Asbob priyomnigining ko’rsatishi ko’pincha mexanik usulda, ayrim hollardagina fotografik usulda qayd qilinadi.