AKTINOIDLAR
AKTINOIDLAR, aktinidlar -Mendeleyev davriy sistemasining III guruhi 7 davrida aktiniydan keyin turadigan 14 ta elementning umumiy nomi. Ularning tartib raqami 90 dan 103 gacha: toriy Th (№ 90), protaktiniy ra (№ 91), uran U (№ 92), neptuniy Np (Nb 93), plutoniy Pu (№ 94), Amerisiy Am (№ 95), kyuriy Cm (№ 96), berkeliy Bk (№ 97), Kaliforniy Cf (№ 98), eynshteyniy Es (№ 99), Fermiy Fm (№ 100), mendeleeviy Md (Nb 101), nobeliy No (№ 102), lourensiy Lr (№ 103). Bu elementlarning aksarisida sirtqi 1-va 2-qavatlaridagi elektronlar soni bir xil bo’lib, sirtdan hisoblanganda 3-qavatlarida elektronlar soni bir xil emas, aktiniydan lourensiyga o’tgan sari elektronlar soni ortib borib, 32 taga yetadi; atom va ion radiuslari kichiklashadi; ularning barchasi radioaktiv; uran izotoplari — uran-235 (U 235) va uran-233 (U 233) hamda plutoniy-239 (Pu 239) yadro reaktorlarida yoqilg’i va atom bombalarida portlovchi moddalar sifatida ishlatiladi. Aktinoidlar oqish-kumush rangli metallar. Ko’pchilik Aktinoidlarning sof og’irligi 20 gramm/santimetr kubga yaqin. Neptuniy va plutoniyning erish temperaturasi 640° atrofida, boshqalarining erish temperaturalari 1000° dan yuqori. Aktinoidlar vodorod, kislorod, oltingugurt, azot, gallogenlar va boshqa metallmaslar bilan kimyoviy reaktsiyaga oson kirishadi. Kimyoviy xossalari jihatidan uran, neptuniy, plutoniy va amerisiy bir-biriga juda yaqin. Berkeliy, Fermiy, mendeleeviy, nobeliy va lourensiylar esa kimyoviy xossalariga ko’ra lantanoidlarga yaqindir.