Aktiv nimani anglatishini bilasizmi

Aktiv nimani anglatishini bilasizmi – (lotincha activus – faol, harakatchan) 1) Korxona yoki tashkilotning mulki va resurslari (bino, mashina, qimmatbaho qog’ozlar va boshqalar). …bir qancha savdo-sotiq maydonchalari mavjud: davlat aktivlarini sotish maydonchasi, raqobatli-ustuvor savdogar maydonchasi. (Gazetadan). Pulga tez aylanishi (sotilishi) mumkin bo’lgan… aktivlar (veksellar, oltin, naqd pul va boshqalar) likvid aktivlar deyiladi. 2) buxgalteriya. Balansning kirim, daromad qismi; balansning bir qismi; zid. passiv. Moliya menejmenti, aktivlar va passivlarni boshqarish. (Gazetadan.)

Fikr bildirish