AKTIVATSION TAHLIL

AKTIVATSION TAHLIL, radioaktivatsion tahlil — moddaning sifati va miqdoriy tarkibini aniqlash usuli. 1936 yilda D. Xeveshi va G. Levi taklif etgan. Neytronlar, zaryadlangan zarrachalar (protonlar va boshqalar) yoki u-kvantlar oqimi ta’sirida hosil bo’lgan nuklidlarning radioaktiv nurlanishini tadqiq qilishga asoslangan. O’zbekistonda Aktivatsion tahlil bo’yicha tadqiqotlar 1960 yilda E. M. Lobanov tomonidan boshlangan va uning rivojiga A. A. Kist, V. A. Mo’minov, A. G. G’aniyevlar katta hissa qo’shishgan. Intensivligi -1013 santimetr 2-S2 bo’lgan neytronlar oqimidan foydalanilganda ko’pgina elementlarni 10’5-10″10 aniqlik bilan sezish mumkin. U Aktivatsion tahlil uchun yuqori energiyali elektronlarni tormozlaganda chiqadigan katta intensivli (10y—10ls kvantg’s) nurlanishdan foydalaniladi. Bu usul bilan davriy sistemaning barcha elementlarini aniqlash mumkin va undagi sezgirlikning chegaraviy kiymati -10~*-10″7% ga yetadi. Olingan spektrlarni tahlil qilish va natijalarga ishlov berish uchun ko’p kanalli analizatorlar va E.M qo’llaniladi, bu esa jarayonni avtomatlashtirish imkonini beradi. Aktivatsion tahlil ning asosiy ustunliklaridan biri — turli ob’yektlardagi elementlarning juda oz miqdorini aniqlay olish va ko’plab namunalarni tez tahlil qila bilish imkonidir. Aktivatsion tahlil o’ta toza materiallardagi kirishmalarni, biologik ob’yektlardagi mikroelementlarni aniqlashda, arxeologiya, geologiya, tibbiyot, kriminalistika va boshqa sohalarda qo’llaniladi.