Al-kimyogarlar kimlar?

Odamlar hamisha erishib bo’lmaydigan narsalarni orzu qilib kelishgan. Faqat orzu etish bilan cheklanmadilar, balki bu orzu-xayollarni ro’yobga chiqarish uchun qo’ldan kelgan hamma ishni qilib keldilar. Birovlar oltin diyori — Eldoradoni izlab yer kurrasining eng olis chekkalariga bordi, yana boshqa birovlar insonga barhayot umr yoki abadiy yoshlik bag’ishlovchi hayotbaxsh sharbatni topishga borlig’ini bag’ishladi. Buningdek odamlarga turli-tuman munosabatda bo’lishdi. Ularga havas qilishdi va fidoiyliklariga qoyil qolishdi yoki aksincha, ularning ustidan kulishdi va «g’alati odamlar» deb atashdi. G’alati odamlar sirasiga al-kimyogarlar ham kiradi. Al-kimyogarlar hamma oddiy metallarni nodir metallarga aylantira oladigan allaqanday donishmandlik mahagi mavjud, deb ishonishardi. Masalan, qo’rg’oshin yoki simobni — naqd, oltinga! Yoki odamzotning mangu yashab qolishiga imkon beradigan vositani ixtiro qilinishiga. Shu tariqa, bir toifa «g’alati odamlar» o’sha farovonlikni izlab topish maqsadida dunyo bo’ylab kezib yursa, boshqalari o’z laboratoriyalarida yoki tor, qorong’u qafasday hujralarida qamalib olib, tunu kun mehnat qildilar: har xil moddalarni, ulardan oltin yoki hayotbaxsh sharbat olish uchun o’zaro birlashtirdilar, eritdilar, qaynatdilar. Al-kimyogarlarni ta’qib qildilar, ularga tajribalar o’tkazishni man etishdi, chunki «al-kimyogarlar» tushunchasi paydo bo’lgan o’rta asrlarda Xudo tomonidan yaratilgan narsalarni o’zgartirib yoki qayta yaratib bo’lmaydi, deb ishonishar edilar. Al-kimyogarlar yana shuning uchun ham osiy, gunohkor bandalar hisoblanar edilarki, ular o’z atroflarini o’rab turgan tabiat nimalardan tashkil topganligini tushunishga intilishar va bir moddani boshqasiga aylantirishga urinishar edilar. Al-kimyogarlarning g’oyalari xayoliy-afsonaviy ekanligidan qat’i nazar ular ko’pgina foydali va qiziharli kashfiyotlar qilishga muvaffaq bo’ldilar. Masalan, al-kimyogar Bertold Shvars har xil moddalarni aralashtiraverib, bexosdan porox-o’q-dorini ixtiro qildi, yana bir Alkimyogar — Iogann Better — chinni tayyorlash usulini topdi. Va baribir alkimyogarlarning eng asosiy xizmati shundaki, ular birinchi bo’lib narsalarning tabiati ustida o’ylay boshladilar va o’z davrlari uchun g’alati tuyulgan mashgulotlari bilan haqiqiy fan — kimyo fanining rivojlanishiga yo’l ochdilar.